Shaxsiy tajriba: 4900 dollarga Italiya bo‘ylab 20 kunlik oilaviy sayohat

Davlat Umarov mustaqil sayohat qilishning afzalliklari, pulni taqsimlash va tejash, shaharlarda nimalarga e’tibor berish mumkinligi, qaysi joylarni ko‘rish kerakligi haqida batafsil so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchilari majburiy markirovkalashga nega tayyor emaslar?

Biznes markirovkalashning ijobiy ta’sirini ko‘rmayapti va ishlab chiqarishning keskin qisqarishini kutmoqda.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Latviya davlat stipendiyalariga arizalar qabul qilinmoqda

Unda o‘zbekistonliklar ham bakalavr, magistratura va PhD darajalari uchun ishtirok etishlari mumkin.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Ayol Taxi: talaba Abdujalol Egamberdiyev ayollar uchun taksi xizmatini qanday yo‘lga qo‘ydi?

Tadbirkor loyihani yo‘lga qo‘yishiga nima sabab bo‘lgani, taksi servisi qanday ishlashi, haydovchilarni topishdagi qiyinchiliklar va bu biznesga talab haqida Spot’ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar




Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Haydovchilik guvohnomasi uchun 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnomani onlayn olish imkoniyati yaratildi.
    Xizmatdan foydalanish bepul bo‘lib, hech qanday hujjat talab etilmaydi.
  2. O‘zbekistonliklar qaysi davlatlarga vizasiz sayohat qilishlari mumkin?
    Fuqarolar 31ta davlatga vizasiz kirishlari, 28ta davlatga esa borgan vaqtlarida viza olishlari, shuningdek, 15ta mamlakat uchun elektron viza rasmiylashtirishlari mumkin.
  3. Fuqarolar Germaniyaga ishga taklif etilmoqda. Maosh 1800 yevrodan boshlanadi.
    Nomzodlar 18−40 yosh oralig‘ida bo‘lishlari, nemis tilini bilishlari va malaka hujjatlariga ega bo‘lishlari kerak.
  4. Tashkent City Mall savdo markazining texnik ochilishi o‘tkazildi.
    Majmuada Zara, Massimo Dutti hamda Bershka kabi brendlar hamda IMAX kinoteatri, Sky Park ko‘ngilochar bog‘i va VR zonalar bor.
  5. 10-martdan Humo Air aviakompaniyasi aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatmoqda.
    Kompaniya buni xalqaro yo‘nalishlar ochilishi bilan izohlab, yo‘lovchilarga mablag‘lari qaytarib berilishini ta’kidladi.
  6. Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda qurilgan ko‘prik va temir yo‘lni ochdi.
    Ko‘prikning uzunligi 423 metrni tashkil etadi. U orqali 48 ming yo‘lovchining 2 soat vaqti tejaladi, temir yo‘l masofasi 180 kilometrga, yuk tashish tezligi esa 6 soatgacha qisqaradi.
  7. Uzbekistan Airways barcha mahalliy yo‘nalishlarga 30% chegirma e’lon qildi.
    Chegirma joriy yilning 21-martidan 24-martigacha barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun amal qiladi.
  8. Sayyohlarga Xorazmga cheksiz kirishlari uchun viza tizimi joriy etiladi.
    Urganchdan Termiz, vodiy viloyatlari, Samarqand, Buxoro hamda Sankt-Peterburg, Madrid, Frankfurt, Pekin va Urumchiga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
  9. Dollar kursi yana rekord darajani qayd etdi.
    Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 18 so‘mga oshib, 12514 so‘mni tashkil etdi.
  10. 1-iyuldan Markaziy bank fuqarolarga ipoteka va avtokreditlar berish talablarini kuchaytirmoqda.
    Qarz oluvchilarning kredit tavakkalchiliklarini baholashda qo‘shimcha ko‘rsatkich hisobga olinadi.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

O‘zbekiston logistikasida yangi bosqich: Toshkent yaqinida “A” toifasidagi omborxona ochiladi

Highway Logistic Center transport-logistika markazi hududida zamonaviy uskunalar bilan jixozlangan “A” toifadagi omborxona ochiladi. Ombor kechayu kunduz qo‘riqlash xizmati hamda 200 ta yuk mashinalari uchun to‘xtash joyi bilan taʼminlangan.

Payme Business: ertasigayoq pullar hisob raqamiga tushadi

Xizmatdan foydalanuvchilar mijozlardan to‘lovlarni qabul qilishlari, shuningdek, bir ish kuni ichida bank hisob raqamiga mablag‘larini o‘tkazishlari mumkin.

ANORBANK va eMaktab O‘zbekiston bo‘ylab sovrinli o‘yin g‘oliblariga sovg‘alarni topshirdi

ANORBANK tomonidan o‘tkazilgan o‘yinning birinchi bosqichi yakunlanishi munosabati bilan bank va eMaktab vakillari g‘olib bo‘lgan maktab o‘quvchilariga sovrinlarni topshirdi.

Click 2023-yilni 60 trln so‘mdan ortiq pul aylanmasi bilan yakunladi

Humo hisobotiga ko‘ra, bankdan tashqari mobil ilovalar orasida aylanmada Click`ning ulushi eng yuqori bo‘lib, 41,6 foizni tashkil qiladi.

Chevrolet 70 mln so‘mgacha foyda bilan xaridlar imkoniyatini tuhfa qilmoqda

Kompaniya Tahoe, Traverse, Equinox, Captiva va Onix kabi modellarga bahorgi chegirmalarni taqdim etdi. Aksiya uchun mo‘ljallangan avtomobillar soni cheklangan.