Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar ishga taklif etilmoqda. Bu haqda migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Fuqarolar mamlakatdagi payvandchi va elektrik ishlarida ishlashlari mumkin. Oylik maosh 1800 yevrodan boshlanadi (soliqlar ushlangan keyin).

O‘zbekistondan Germaniyaga aviachipta va transfer xarajatlari ish beruvchi hisobidan qoplab beriladi.

Nomzodlar 18−40 yosh oralig‘ida bo‘lishlari, nemis tilidan Gyote, ECL, ÖsD yoki Telcdan olingan B1 sertifikatga ega bo‘lishlari kerak.

Shuningdek, elektrik yoki payvandchi sohalarida kollej, texnikum yoki bakalavr diplomi va bir yillik tajriba talab qilinadi.

Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotni “Telegram"dagi agentlik mutaxassisi manzilidan olish mumkin.

Shuningdek, 71 202 33 55, 71 200 00 61 yoki 1282 (qisqa raqami) orqali ham murojaatlar qabul qilinadi.

Fevral oyi boshida Germaniyada o‘zbekistonliklar uchun 50 ming bo‘sh ish o‘rni taklif etilayotgani haqida xabar berilgandi.