Germaniyada o‘zbekistonliklar uchun 50 ming bo‘sh ish o‘rni taklif etilmoqda, deya xabar berdi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

Agentlik xorijiy ish beruvchilar bilan birgalikda Germaniyada turli soha va kasblarda bo‘sh o‘rinlari uchun fuqarolarni jalb qilmoqda.

Xususan, hozirda quyidagi sohalar bo‘yicha

  • hamshira;
  • yuk avtomobili haydovchisi;
  • yuk va qishloq xo‘jaligi avtomobillariga texnik xizmat ko‘rsatish;
  • mehmonxona;
  • restoran;
  • turizm;
  • hunarmandchilik;
  • mexatronika;
  • qurilish va boshqa sohalar.

Nomzodlar ikki turda — “Ausbildung” hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga jalb qilinmoqda. “Ausbildung” asosida ishga jalb qilinganlarga 1000 yevrodan, to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga jalb qilinganda esa 2000 yevrodan oylik ish haqi taklif etiladi.

Yuqoridagi sohalar bo‘yicha qiziquvchilar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Germaniyada ushbu sohalarda ishlash istagidagi nomzodlar uchun mamlakat hududlarida nemis tili kurslarini tashkil etish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga munosib nomzodlarni tayyorlash maqsadida ro‘yxatdan o‘tgan barcha o‘quv markazlari hamkorlikka chaqiriladi.

Batafsil ma’lumot +998 71 202 33 55, 71 200 00 61 raqamlari orqali olish mumkin.

Avvalroq o‘zbekistonliklar Bolgariyaga ishga taklif etilayotgani haqida xabar berilgandi. Hamshiralik ishlariga qabul qilinganlarga $640 miqdorida oyli maosh beriladi.