Avtomobil haydovchilari uchun tibbiy ma’lumotnomani onlayn olish imkoniyati yaratildi.

Endi tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarning transport vositasini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risida beriladigan 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnomani Yagona portal orqali onlayn olish mumkin.

Buning uchun portal orqali “Sog‘liqni saqlash” bo‘limidan kerakli xizmatni tanlab, jarayon amalga oshiriladi.

“Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosilgach, keyingi sahifada fuqaro JShShIRi shakllanadi va arifmetik qiymat amalga oshiriladi.

Undan keyin 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnomani onlayn yuklab olish mumkin bo‘ladi.

Xizmatdan foydalanish bepul bo‘lib, hech qanday hujjat talab etilmaydi. Ma’lumotnoma unda ko‘rsatib o‘tilgan muddatgacha amal qiladi.

Xizmatdan havola orqali foydalanish mumkin.


Avvalroq pedagoglarga kasbiy sertifikatni onlayn olish imkoniyati yaratilishi haqida xabar berilgandi. Kasbiy sertifikat uchun birinchi marotaba testda ishtirok etuvchilardan to‘lov undirilmaydi.