Markaziy bankning 2024-yil 12-mart holati bo‘yicha, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 513,01 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 7-mart kuni belgilangan qiymatga nisbatan 9 so‘m 90 tiyinga arzonladi.

12-mart kuni aksariyat banklarda sotish kursi 12 490 so‘mdan 12 575 so‘mgacha belgilandi.

Eng maqbul sotish kursi “Xalq banki"da — 12 490 so‘m. “KDB Bank Uzbekistan"da esa sotish narxi 12 575 so‘mni tashkil etmoqda.

Jami 4ta bankda sotish narxi 12 515 so‘mdan, 7tasida 12 520 so‘mdan belgilangan.

Banklarda sotib olish narxi 12 410 so‘mdan 12 480 so‘mgacha yetdi. Eng arzon xarid narxi “Xalq banki” tomonidan taklif etilmoqda — 12 410 so‘m.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasining rasmiy kursi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tgandi. Undan keyin Markaziy bank bu bo‘yicha izoh berdi.

Asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi ichki valyuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada, ichki valyuta bozorida so‘m almashuv kursi devalvatsiyasi sur’atining biroz tezlashishi kuzatildi.

Joriy yilning 4-mart kuni valyuta birjasida dollar kursi yangi maksimal darajaga ko‘tarildi. Regulyator AQSh valyutasining rasmiy kursini 12 525 so‘m etib belgilagandi.