Markaziy bankning 3-aprel holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12633 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasining rasmiy kursi kun davomida 11 so‘m 48 tiyinga pasaydi.

3-aprel kuni “Kapitalbank"da sotish kursi 12700 so‘mni, “KDB Bank Uzbekistan” va “Infinbank"da 12695 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12690 so‘mdan 12650 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12630 so‘mdan 12570 so‘mgacha yetdi.