2024-yil 1-aprel holatiga — o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 2,8 mln nafardan oshdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 79,5% ga (1,2 mln nafarga) oshgan.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar umumiy soning 57%ini erkaklar, 43%ini ayollar tashkil qiladi.

o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar

O‘sish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar:

  • ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish — 155,4% (149,6 mingta);
  • maishiy xizmatlar — 145,3% (674 mingta);
  • axborot-kommunikatsiya — 103,5% (36,9 mingta).

Hududlar kesimida eng ko‘p Samarqand viloyatida (370,5 ming) fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan. Undan keyingi o‘rinlarda Qashqadaryo viloyati (298,1 ming) va Toshkent shahri (268,7 ming) turibdi.

Joriy yilda 140 712 fuqaro yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan.


Avvalroq “Spot” o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar berilishi haqida yozgandi.

Mablag‘lar oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratilib, issiqxonalar qurish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish mumkin.