Ikkita hududda noqonuniy yer savdosi ortidan mansabdorlar qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Farg‘ona vodiysi magistral kanallardan foydalanish boshqarmasi tizimidagi mansabdor fuqaroga Katta Farg‘ona kanali himoya hududidagi 30 sotix yerni ijaraga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.
Buning evaziga u $40,5 ming talab qilgan. So‘ng oldindan $20 ming vaqtida ushlandi.
Shuningdek, mazkur ishga Farg‘ona vodiysi magistral kanallardan foydalanish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i aloqador ekanligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi.
U $20 mingdan $3 mingni olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Shuningdek, mazkur yerdan ijara asosida foydalanib kelgan 3-gidrouchastka xodimi ham yerni boshqa fuqaroga berish uchun pul talab qilgan. Uning $19 ming so‘ragani tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
Oltinko‘l tumanidagi taʼlim muassasasi direktori 1,1 gektar yer bo‘yicha kelishuvni tasdiqlab berish uchun pul talab qilgan.
Ushbu yer xususiy avtomaktab tomonidan auksion orqali qonuniy tarzda yutib olingan bo‘lgan. U oldindan $10 ming olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Spot, avvalroq, Parkent tumanida 10 sotix davlat yerini noqonuniy sotmoqchi bo‘lganlar ushlangani haqida yozgandi.