Markaziy bankning 29-may holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12650 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 27-may kuni belgilangan 12679 so‘m qiymatga nisbatan 29 so‘m 30 tiyinga pasaydi.

29-may kuni “Davrbank"da sotish kursi 12705 so‘mni tashkil qilmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12700 so‘mdan 12610 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12640 so‘mdan 12590 so‘mgacha yetdi.