Markaziy bankning 5-iyun holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12665 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 3-iyun kuni belgilangan 12614 so‘m qiymatga nisbatan 50 so‘m 8 tiyinga oshdi.

5-iyun kuni “Infinbank” va “KDB Bank Uzbekistan"da sotish kursi 12725 so‘mni tashkil qilmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12720 so‘mdan 12690 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12650 so‘mdan 12605 so‘mgacha yetdi.