“Nvidia” bozor kapitallashuvi $3 trlnga yetgan birinchi chip ishlab chiqaruvchisi bo‘ldi. Bu haqda “The Bell” nashri xabar berdi.

5-iyundagi savdolar yakunida uning aksiyalari 5,2%ga oshib, $1224,40ni tashkil etdi. Nash vaqtida kompaniya kapitallashuvi $3,012 trlnni tashkil qiladi.

nvidia, kapitallashuv, bozor, apple, microsoft

Shu tariqa Nvidia Apple kompaniyasini chetga surib qo‘ydi va jahon reytingida Microsoftdan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.

Oxirgi marta “Nvidia” 2002-yilda, birinchi iPhone chiqarilishidan oldin “Apple"dan qimmatroq edi. O‘sha paytda ikkala kompaniyaning ham boyligi $10 mlrddan kam edi.

“Nvidia” sun’iy intellekt rivojlanish davrining asosiy benefitsiarlaridan biri bo‘lib qolmoqda, chunki u sun’iy intellekt mikrochiplari bozorida hukmronlik qiladi.

Uning mahsulotlarini “Google”, “Microsoft”, “Amazon”, “OpenAI” va “Meta” kompaniyalari sotib oladi.

2024-yil 23-may kuni “Nvidia” moliyaviy yilning birinchi choragi natijalarini e’lon qildi. Daromad yiliga uch marta o‘sib, $26 milrdni tashkil etdi.

Shundan so‘ng ishlab chiqaruvchining aksiyalari qiymati 7,8%ga oshdi va birinchi marta har bir aksiya uchun $1000dan oshdi.


Avvalroq “Spot” “Microsoft” “Apple"ni ortda qoldirib, dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylangani haqida yozgandi.