“Microsoft” “Apple"ni ortda qoldirib, dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi, deya xabar berdi “Reuters” nashri.

“Microsoft” aksiyalari 2%ga oshdi, kompaniya qiymati esa $2,9 trlnga yetdi, “Apple” aksiyalari esa 0,9%ga arzonlagan, natijada kompaniya kapitallashuvi $2,8 trlnni tashkil qildi.

apple, microsoft

“Apple"ning bozor qiymati 2021-yildan beri birinchi marta “Microsoft"dan pastga tushdi.

“Redburn Atlantic” brokerlik kompaniyasi ekspertlari Xitoydagi sotuvlar “Apple"ning yaqin yillardagi daromadlari o‘sishini kamayishini, jumladan, “Huawei” bilan raqobat tufayli ham cheklanishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Bungacha “Microsoft” 2021-yilda “Apple"ni kapitallashtirish bo‘yicha ortda qoldirgandi.

O‘sha vaqtda “Apple” aksiyalari savdolar ochilgandan keyin 3,5% dan ko‘proqqa tushdi va kompaniyaning aksiyalari taxminan $147ni tashkil qildi. “Microsoft” aksiyalari deyarli 1%ga qimmatlashib, har bir aksiya uchun $327ni tashkil etgandi.


Avvalroq “Spot” “The New York Times” gazetasi “OpenAI” va “Microsoft"ni sudga bergani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, gazeta kompaniyalarni mualliflik huquqini buzganlikda ayblab, tovon puli talab qilmoqda.