“WhatsApp” foydalanuvchilari messenjerdagi o‘z profili bilan kontaktlarni sinxronlashi mumkin bo‘ladi, deya xabar berdi “WaBetaInfo” nashri.

Ishlab chiquvchilar funksiyani iOS va Android uchun beta-versiyalarida chiqargan.

Parametr yoqilgandan keyin barcha telefon kontaktlari “WhatsApp” kontaktlari bilan sinxronlanadi va aksincha.

Foydalanuvchi qurilmani o‘zgartirishga qaror qilganda, dastur yangi qurilmada ishga tushirilganda barcha raqamlar saqlanib qoladi.

kontakt, sinxron qilish, whatsapp

Sinxronizatsiya funksiyasini o‘chirib qo‘yilsa, “WhatsApp” endi o‘z serverlarida kontaktlarni saqlamaydi va barcha saqlangan kontaktlar o‘chiriladi.


Avvalroq “Spot” “WhatsApp"da niqoblar va filtrlar funksiyasi paydo bo‘lishi haqida yozgandi.

Bu haqda messenjer egasi Mark Sukerberg o‘zining “WhatsApp” kanalida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ulardan videoqo‘ng‘iroqlar paytida foydalanish mumkin.

“WhatsApp"dagi niqoblar yordamida foydalanuvchilar turli tasvirlarni sinab ko‘rishlari yoki tashqi ko‘rinishini butunlay o‘zgartirishlari mumkin bo‘ladi.