Niderlandiyadaning Utrext universiteti “Utrecht Excellence” stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
Unda Yevropa iqtisodiy zonasidan tashqari, butun dunyodan nomzodlar magistratura darajasi uchun ishtirok etishlari mumkin.
Nomzod bitiruvchi guruhning 10% eng yaxshi talabalari qatoriga kirishi, YI/YIH hududi pasportiga ega bo‘lmasligi, bakalavr darajasini Niderlandiyadan tashqarida tamomlagan bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, 2025-yilning 1-sentabridan boshlanadigan xalqaro magistratura bosqichiga hujjat topshirgan bo‘lish talab etiladi. Barcha yo‘nalishlarga ham grant ajratilmaydi. Magistratura dasturi haqida batafsil bu yerda tanishish mumkin.
“Utrext Excellence” stipendiyasi o‘qish to‘lovi yoki o‘qish to‘lovi bilan birga bir yil uchun talab etiladigan daromad miqdori ko‘rinishida ajratilishi mumkin. Bu Immigratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati (Immigration and Naturalisation Service — IND) tomonidan yashash ruxsatnomasi bilan bog‘liq xarajatlar uchun beriladi.
Stipendiya ikki yillik magistratura dasturlarining ikkinchi yili uchun ham uzaytirilishi mumkin. Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralab olinadi:
- tanlangan ta’lim yo‘nalishidagi akademik yutuqlar;
- GPA;
- motivatsiya xati (akademik mazmun, madaniyatlararo va kommunikativ ko‘nikmalar, shaxsiy motivatsiya);
- ariza sifati (to‘liqligi, aniqligi, izchilligi).
Universitet ta’lim dasturiga ariza topshirgan nomzodlar o‘zlarining “OSIRIS Online Application” hisobi orqali grant uchun ariza berishlari mumkin. Bunda talab qilingan sinfning eng yaxshi 10%iga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatni yuklash, savollarga javob berish, undan keyin arizani yuborish kerak.
Arizalarni muddatidan oldin yuborish tavsiya etiladi. 27-yanvardan 1-fevralgacha yuborilgan arizalardagi to‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar yangilanmaydi. Tekshiruv jarayoni ravon kechishini ta’minlash uchun imkon qadar tezroq yuborish kerak.
Nomzodlar arizalarni 2025-yilning 1-fevraligacha jo‘natishlari mumkin. Natijalar kelasi yilning aprel oyi o‘rtalarigacha e’lon qilinadi. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Avvalroq AQShda o‘tkaziladigan RIPS dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.