“OpenAI” “ChatGPT” qidiruv tizimini barcha foydalanuvchilar uchun ochiq qildi. Bu haqda kompaniya “X” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

““ChatGPT"da qidiruv endi barcha uchun mavjud, ro‘yxatdan o‘tish shart emas,” — deyiladi kompaniya xabarida.

“The Verge” xabariga ko‘ra, yangi funksiya bilan “ChatGPT” chat-boti internetdan ma’lumot izlashi va foydalanuvchiga javobni shakllantirishda foydalangan manbalar ro‘yxatini taqdim etishi mumkin bo‘ladi.

Qayd etilishicha, kompaniya “ChatGPT Plus” pulli versiyasini qoldiradi va u orqali daromad olishni davom ettirishadi.

“OpenAI” o‘zining ilk qidiruv tizimini 2024-yil oktabr oyida ishga tushirdi. Dastlab u faqat pullik foydalanuvchilarga taqdim etilgan bo‘lsa-da, dekabr oyiga kelib barcha ro‘yxatdan o‘tgan “ChatGPT” foydalanuvchilari uchun ham foydalanish imkoniyati yaratildi.

“OpenAI” kompaniyasi o‘z qidiruv tizimini “Google” va “Bing"ga raqobatchi qilishni maqsad qilgan.

“Spot” muxbiri chat-botdan foydalanish nima sababli tekin qilingani haqida savolga “ChatGPT” quyidagicha javob berdi:

chatgpt, tekin


Avvalroq “Spot” “Alibaba” sun’iy intellekt modelining yangi versiyasini taqdim etgani haqida yozgandi.

“Qwen2.5-VL” nomli model matnli so‘rovlarga javob beradi, videolarni tahlil qiladi, shaxsiy kompyuterni boshqaradi va mobil ilovalarda buyruqlarni bajaradi.