Avvarloq prezident O‘zbekistonda “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyilini joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagani haqida xabar berilgandi.
Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-martdan litsenziyalash va ruxsat berish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga jarima qo‘llanganda, ularning mansabdor shaxslari ma‘muriy javobgarlikka tortilmaydi.
Shuningdek, “Litsenziya” axborot tizimida ixtiyoriy dastlabki baholash xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
Unda talabgorning bino-inshootlari, texnika bazasi, asbob-uskunalari va xodimlari belgilangan talablarga muvofiqligi oldindan o‘rganilib, xulosa beriladi.
Baholash xizmati 20 kun ichida ko‘rsatiladi. Agar yakunda litsenziya yoki ruxsatnoma berish rad etilsa, sarflangan xarajatlar talabgorga qaytariladi.
Aynan shu asos bo‘yicha qayta murojaat uchun davlat boji undirilmaydi.
Spot, avvalroq, 2026-yildan O‘zbekistonda “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili joriy etilishi haqida yozgandi.
