Toshkentda bekatlardan do‘konlar nega olib tashlanmoqda va endi nima bo‘ladi?
Poytaxtdagi avtobus bekatlaridan savdo nuqtalarini olib tashlash va bekatlarni yangilash rejalashtirilmoqda. Spot bu qaror nima sababdan qabul qilingani, tadbirkorlar bilan nima bo‘lishi va modernizatsiya jarayoni qanday kechishini o‘rgandi.
Naqdsiz hisob-kitoblar biznes va aholiga qanday ta’sir qiladi? Mutaxassis fikri
Soliq maslahatchisi Murod Muhammedjanovning fikricha, yangi tartib yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashga yordam berishi mumkin, biroq qora bozor va qo‘shimcha xarajatlar xavfini ham oshiradi.
Uy-joy va avtomobil savdosida eskrou tizimi: bu qanday ishlaydi va qancha turadi?
1-apreldan boshlab ko‘chmas mulk va avtomobillar oldi-sotdisida hisob-kitoblarning yangi tartibi joriy etildi. Spot bitim qanday amalga oshirilishini bosqichma-bosqich tushuntiradi.

“Kichik biznesga katta zarba” — mutaxassislar bekatlardagi do‘konlar buzilishi haqida
Mutaxassislar Spot bilan suhbatda bu qaror xavfsizlik, shahar infratuzilmasi hamda kichik biznesga qanday ta’sir qilishi mumkinligini tushuntirdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Trade-in orqali yangi avtomashina xarid qilishda avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi.
Dastur 1-avgustdan ishga tushadi hamda unda jismoniy va yuridik shaxslar eskirgan avtomobillarni yangilash uchun imtiyozli avtokredit olishlari mumkin. - O‘zbekistonda mart oyida dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgardi?
Oy davomida Amerika valyutasi so‘mga nisbatan 0,61% ga qimmatlashdi va kurs 12 210 so‘mdan oshdi. - 2025-yilda Toshkentda 1 sotix yer narxi 319 mln so‘mgacha pasaydi.
To‘rtinchi chorakda mamlakatda uy-joy narxlari dollarda oshdi, so‘mda esa deyarli o‘zgarmadi. - O‘zbekiston besh oy davomida oltin sotmadi va eksport 23%ga kamaydi.
Joriy yil Markaziy bank yanvar va fevral oylarida oltin eksport qilmagan bo‘lsa, 2025-yilning dastlabki ikki oyida eksport $1,73 mlrddan oshgan. - Prezident Toshkent xalqaro moliya markazi bo‘yicha farmonni imzoladi. Tafsilotlar.
Markaz faoliyatiga Prezident boshchiligidagi kengash rahbarlik qiladi. 2076-yil 1-yanvarga qadar markaz hududida bir qator soliq imtiyozlari amal qiladi. - 1-maydan aliment qarzdorlariga kredit va davlat xizmatlaridan foydalanish cheklanadi.
Shuningdek, muammoli kreditlar bo‘yicha undirish ishlari ixtisoslashtirilgan davlat ijrochilariga yuklatiladi. - Endi texpasportni har 5 yilda almashtirish kerak bo‘ladi.
Shuningdek, haydovchilik huquqi topshirilgan shaxslarga esa jarimalarni rasmiy o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. - Samarqandda Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi.
Ruxsatnomasiz olib kirilgan qurilma bojxona nazoratida aniqlanib, fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. - Soliq qarzi va muammoli kreditlarni undirish bo‘yicha yangi tartib belgilandi.
Shuningdek, sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosi jarayonlari elektron shaklga o‘tkazilib, sunʼiy intellekt asosida avtomatlashtiriladi. - O‘zbekistonda telefon import qiluvchilar IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mas’ul — Raqobat qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, qo‘mita tomonidan 2025-yilda fuqarolardan IMEI bilan bog‘liq muammolar yuzasidan 147 ta shikoyat qabul qilingan.


