Markaziy Osiyoda franchising va tadbirkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan CENTRAL ASIAN FRANCHISING & BUSINESS EXPO ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir biznes vakillari, investorlar va soha mutaxassislarini birlashtiradi. Dasturda 100 dan ortiq brendlar va franchayzinglar ishtiroki, shuningdek, xalqaro ma’ruzachilarning chiqishlari mavjud.
Ishtirokchilar investitsiyalar, biznesni kengaytirish va hamkorlik loyihalarini rivojlantirish imkoniyatlari bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.
Tashrif buyurish uchun ushbu havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur. Ishtirok etish bepul.