Toshkentda raqamli transformatsiya va IT-infratuzilmani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan Future of Enterprise Transformation — Data, Cloud & Cybersecurity biznes-konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir doirasida Andersen, Alteryx, Nothreat va AWS xalqaro kompaniyalarining vakillari sohaning asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini, jumladan, ma’lumotlar bilan ishlash, sun’iy intellektni joriy etish, bulutli yechimlar va kiberxavfsizlikni muhokama qiladilar.
Unda infrastrukturaviy va bulutli transformatsiya, regulyatorlar talablari hamda texnologiyalarni joriy etishning amaliy holatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, ishtirokchilar data-platformalarni qurishga oid yondashuvlar, biznesda AI (sun'iy intellekt)ni qo‘llash va kiberxavflardan himoya qilishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqadilar.
Tadbir 14-aprel kuni soat 16:00 da InterContinental Hotel Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish bepul, ammo oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur. O‘rinlar soni cheklangan.Tadbir tili — rus tili.