Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi sanoat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qaror loyihasini e’lon qildi. Hujjat Adliya vazirligining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan.
Loyihaning asosiy maqsadlaridan biri “ochiq” yirik sanoatni ommalashtirish va iste’molchilarning ishlab chiqarilgan mahsulot, tovarlar va xizmatlarga ishonchini oshirishdir. Shuningdek, uning yordamida yoshlarning texnik mutaxassisliklarga bo‘lgan qiziqishini oshirish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, mahalliy ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalarining nufuzini oshirish va “Made in Uzbekistan” brendini ommalashtirish vazifasi qo‘yilgan.
Loyihada turlar tashkil etilishi rejalashtirilgan 50 ta yirik sanoat korxonalari va obyektlar ro‘yxati mavjud. Ular quyidagi toifalarga kiradi:
| Konchilik va metallurgiya |
|
| Energetika |
|
| Kimyo sanoati |
|
| Shisha va qurilish materiallari ishlab chiqarish |
|
| Avtosanoat |
|
| Avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish |
|
| Mashinasozlik |
|
| Elektrotexnika sanoati |
|
| Qishloq xo‘jaligi |
|
| To‘qimachilik sanoati | Sulton Styles |
| Oziq-ovqat sanoati |
|
| Banknot, tanga va hokazolar ishlab chiqarish |
|
| Aviatsiya sohasi | Uzbekistan Airways (Sergelidagi aerodrom) |
| Erkin iqtisodiy zonalar |
|
Iqtisodiyot va moliya vazirligi mahalliy hokimliklar tavsiyasiga ko‘ra boshqa korxonalarni ham reyestrga kiritishi mumkin bo‘ladi.
Reestrga kiritilgan korxonalarda sayyohlar uchun xavfsiz marshrutlar, ularning tarixi va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi muzey va shourumlar tashkil etiladi.
Reyestrga kiritilgan korxonalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Yagona milliy turizm platformasida e’lon qilinishi kerak. Foydalanuvchilar uchun ularning tavsiflari, mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, ekskursiyalar jadvali mavjud bo‘ladi.
Sanoat turizmi dasturida ishtirok etayotgan korxonalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi telekanallarda praym-taym vaqtida reklama ko‘rsatish uchun 50% chegirma olishlari mumkin. Ularning marketing xarajatlari eksport xarajatlari sifatida hisobga olinadi.
Sentabr oyining oxiridan kechiktirmay namunaviy turistik dasturlar va ekskursiya marshrutlarini, oktabr oyining oxirigacha esa gidlar uchun o‘quv dasturlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan. 2027-yilda 1,23 millin, 2028-yilda esa 1,7 mln sayyohni jalb qilish rejalashtirilgan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Turizm qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda sanoat turizmi dasturi ishtirokchilarini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishi kerak. Gap soliq imtiyozlari, obyektlarni turizmga moslashtirish subsidiyalari, xodimlarni o‘qitish xarajatlarini qoplash, infratuzilmani yaratishga ko‘maklashish va boshqalar haqida ketmoqda.
Avvalroq Spot yil boshidan turizm, ovqatlanish va ayrim qishloq xo‘jaligi korxonalariga 32,3 mlrd so‘m QQS qaytarilgani haqida yozgan edi.