Toshkentda tibbiyot biznesini boshqarish va sog‘liqni saqlash sohasida barqaror brendni shakllantirishga bag‘ishlangan biznes-uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Spiker sifatida SMA kompaniyalar guruhi va MEDION klinikalar tarmog‘i bosh direktori Islom Qodirov ishtirok etadi. U tibbiyot loyihalarini boshqarishda 10 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lib, ular doirasida yuqori bemorlar oqimi sharoitida barqaror sifat va xizmat ko‘rsatish tizimini qurishga muvaffaq bo‘lgan.

Uchrashuv doirasida klinikalarda sifat nazorati, tibbiyot loyihalarining o‘sish omillari, shuningdek, ushbu sohadagi biznesning moliyaviy modeli masalalari ko‘rib chiqiladi. Ayrim klinikalar kengayib borishi, boshqalari esa rivojlanishda cheklovlarga duch kelishining sabablariga alohida e’tibor qaratiladi.

Moderator sifatida Arsen Dlyanchev ishtirok etadi.

Tadbir 25-aprel kuni soat 09:00 dan 12:30 gacha bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish narxi 500 ming so‘mni tashkil etadi, 1+1 formati uchun esa 800 ming so‘m etib belgilangan. Ishtirok etish uchun +998 90 830 2933 (WhatsApp/Telegram) raqami orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.