25−26-avgust kunlari Toshkentda birinchi Xalqaro tibbiy turizm forumi bo‘lib o‘tadi. Unda olti va undan ortiq mamlakatdan 150 nafardan ziyod soha vakili ishtirok etishi kutilmoqda.
Forum klinika mulkdorlari va rahbarlari, tibbiyot muassasalarining top-menejerlari, davlat idoralari, sug‘urta kompaniyalari, tibbiyot agentliklari vakillari hamda tibbiy turizm sohasidagi xalqaro ekspertlarga mo‘ljallangan.
Spikerlar orasida AKFA Medline University Hospital bosh direktori Azimjon Tursunqulov, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov, Yevropa tibbiyot markazining Xalqaro hamkorlik va tibbiy turizm departamenti direktori Aydarbek Isaxanov, Med Travel Belarus asoschisi Vladislav Androsov, Pharmline Group asoschisi Gavhar Muhiddinova, VTB Meditsina’ning xalqaro biznesni rivojlantirish bo‘yicha rahbari Mayya Misevra va boshqa mutaxassislar bor.
Dasturdan yalpi majlislar, xalqaro ekspertlarning chiqishlari, panel munozaralari va B2B-forum o‘rin olgan. Shuningdek, biznes-netvorking, gala-kechki ovqat hamda AKFA Medline University Hospital’ga ekskursiya rejalashtirilgan.
Ishtirok etish, hamkorlik qilish va spiker sifatida chiqish masalalari bo‘yicha tashkiliy qo‘mita bilan Siberian-life@mail.ru elektron pochtasi, WhatsApp: +7 913 310−7777 yoki Telegram / WhatsApp: +998 97 125−11−41 raqamlari orqali bog‘lanish mumkin.