24−26-avgust kunlari Toshkentda O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan Global Finance & Technology Network (GFTN) bilan hamkorlikda ilk Silk Road Finance & Technology Forum xalqaro anjumani o‘tkaziladi.
Tadbir davlat organlari, moliya sektori vakillari, sarmoyadorlar va texnologik kompaniyalar o‘rtasida muloqot maydonchasi bo‘lib xizmat qiladi. Ishtirokchilar moliyaviy texnologiyalar, raqamli aktivlar, transchegaraviy to‘lovlar, islom moliyasi, ochiq banking va investitsiya ekotizimlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.
Forum Central Asian Expo Uzbekistan va Islom sivilizatsiyasi markazi maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Unda Markaziy Osiyo, Fors ko‘rfazi mamlakatlari va dunyoning boshqa mintaqalaridan markaziy banklar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar, institutsional sarmoyadorlar, texnologik kompaniyalar asoschilari hamda nazorat qiluvchi organlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Tashkilotchilarning qayd etishicha, mazkur tadbir O‘zbekistonni mintaqaning yetakchi moliyaviy texnologiyalar markazlaridan biriga aylantirish hamda innovatsiyalar sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash strategiyasining bir qismiga aylanadi.
Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.