Toshkentda ilk bor chakana savdoni rivojlantirish va transformatsiyasiga bag‘ishlangan “Mening haqiqiy biznesim” konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir do‘kon egalari va rahbarlari, shuningdek, chakana savdo sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga qaratilgan. Konferensiya doirasida ishtirokchilar biznesning o‘zgaruvchan bozor sharoitlariga qanday moslashishi, raqamli vositalarni joriy etishi va savdo samaradorligini oshirishi masalalarini muhokama qiladilar.
Dastur biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, sunʼiy intellektni qo‘llash, markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlash va messenjerlar orqali savdoni rivojlantirish masalalarini qamrab oladi. Shuningdek, omnikanal modeliga o‘tish va yuqori raqobat sharoitida mijozlarni saqlab qolish yondashuvlari ko‘rib chiqiladi.
Spikerlar orasida MoySklad, ASL BELGISI, Bitriks24, Wazzup va Neskuchnie finansi kompaniyalari vakillari bor. Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun netvorking ham ko‘zda tutilgan.
Ishtirok etish bepul, ammo oldindan ro‘yxatdan o‘tish shart. O‘rinlar soni cheklangan.