Toshkentda moliya sektorida IT-infratuzilmani rivojlantirish va himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan biznes-kechlik bo‘lib o‘tadi. Tadbirni Servercore kompaniyasi tashkil etadi.

Uchrashuv IT-direktorlar, axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar va biznes rahbarlariga mo‘ljallangan. Muhokama doirasida ishtirokchilar texnologik infratuzilmani rivojlantirishda banklar va fintex-kompaniyalar duch keladigan asosiy muammolarni ko‘rib chiqadilar.

Dasturda moliya sektorida axborot xavfsizligini tartibga solish masalalari, himoyalangan bulutli infratuzilmani ishlab chiqish xususiyatlari, shuningdek, O‘zbekiston kompaniyalarining amaliy tajribasi joy olgan.

Tadbir professional munozara va tajriba almashish formatida bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.