Toshkentda bulutli yechimlar bilan ishlashning amaliy jihatlariga bag‘ishlangan AWS User Group Tashkent mitapi bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv doirasida soha mutaxassislarining chiqishlari rejalashtirilgan bo‘lib, ular o‘z tajribalari va amaliyotdagi real keyslari bilan o‘rtoqlashadilar. Ishtirokchilar bulutli tizimlarni ishlab chiqish va arxitekturaning dolzarb masalalarini muhokama qilish, shuningdek, hamkasblar bilan tajriba almashish imkoniga ega bo‘ladilar.

Spikerlar orasida EPAM Systems kompaniyasida Senior Engineering Manager Aleksey Kulagin va Exante kompaniyasida System Architect Anton Ustinov bor.

Mitap 2-may kuni soat 11:00 da School 21 maydonchasida bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish uchun havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish kerak.