Toshkentda GROSS sug‘urta kompaniyasi boshqaruvi raisi Otabek Nazarov ishtirokida biznes-nonushta bo‘lib o‘tadi.
Spiker sug‘urta sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega. U stajyorlikdan top-menejerlikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan, Moliya vazirligi huzuridagi sug‘urta nazorati tizimida ishlagan, shuningdek, IShONCh, GROSS Insurance va NEW LIFE Insurance kompaniyalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. Ta’limni xorijda — Lyuksemburgda olgan.
Uchrashuv doirasida sug‘urta biznesida ishonchning asosiy omil sifatidagi mavzusi ko‘rib chiqiladi. Ishtirokchilar mijozlar bilan munosabatlar qanday shakllanishi va qaysi yondashuvlar barqaror sug‘urta mahsulotlarini yaratishga imkon berishi haqida muhokama qiladilar.
Tadbir 26-aprel kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish narxi 300 000 so‘mni tashkil etadi, 500 000 so‘m evaziga 1+1 formati ham ko‘zda tutilgan. Manzil ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng xabar qilinadi. Ishtirok etish uchun tashkilotchilarning direkti orqali oldindan yozilish zarur.