UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligiga bag‘ishlangan UzGeeks Conf 2026 konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Dasturdan hamjamiyatning faoliyat yillari yakunlarini sarhisob qilish, shuningdek, IT, mahsulot menejmenti va sun’iy intellekt sohasidagi dolzarb mavzularga bag‘ishlangan chiqishlar seriyasi o‘rin olgan.

Ishtirokchilar startaplarni ishga tushirish va sinovdan o‘tkazish, bozorga chiqishning marketing strategiyalari, sun’iy intellekt sharoitida mahsulot boshqaruvini rivojlantirish, sun’iy intellektni mahsulot jamoalari ishida qo‘llash, shuningdek, biznesni raqamlashtirish va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalarini muhokama qiladilar.

Spikerlar orasida texnologik kompaniyalar va startaplar vakillari, jumladan, AURA Digital, Numeo AI, Moneff, Zarela.ai, Deep Vision, GITA va Mohirdev mutaxassislari bor.

Tadbir tashkilotchilari — UzGeeks hamjamiyati, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va Thinkland.

Konferensiya 25-aprel kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish uchun https://uzgeeks.com/ saytida oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.