Toshkentda bank sektorining transformatsiyasiga va moliyaviy texnologiyalarning rivojlanishiga bag‘ishlangan FinCore Asia xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi.
Spikerlardan biri Igor Mushakov — moliyaviy tashkilotlarni transformatsiya qilish sohasidagi mustaqil ekspert, top-menejer va konsultant bo‘ladi. U texnologik, jarayonli va operatsion o‘zgarishlar, shuningdek, korporativ madaniyatlarni rivojlantirish, shu jumladan, kompaniyalarni IPO ga chiqarish va ularning qiymatini oshirish bo‘yicha tajribaga ega.
Forum doirasida ishtirokchilar sanoatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, jumladan, tarqoq IT-arxitekturadan platforma yechimlariga o‘tish, sunʼiy intellektni bank tizimlari yadrosiga joriy etish va raqamli moliyaviy xizmatlarning yangi modellarini shakllantirishni muhokama qiladilar.
Raqamli valyutalar, to‘lov infratuzilmasini transformatsiya qilish va moliyaviy tashkilotlar arxitekturasida raqamli platformalarning roli masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.