Toshkentda IT-loyihalarni boshqarish sohasidagi mutaxassislar uchun konferensiya (Manager's Conference 2026) bo‘lib o‘tadi. Spot tadbirning axborot hamkori hisoblanadi.

Tashkilotchilar uchta professional hamjamiyat — Agile Uzbekistan, IT Community of Uzbekistan va Product Community Uzbekistan.

Tadbir quyidagi toifadagi tinglovchilarga mo‘ljallangan:

  • kompaniyalar direktorlari va top-menejerlari;
  • katta (senior) menejerlar va yo‘nalishlar rahbarlari;
  • loyiha menejerlari (Project Managers), mahsulot menejerlari (Product Managers), texnik yetakchilar (Engineering Leads);
  • Delivery-menejerlar;
  • HR va iste’dodlarni boshqarish sohasidagi rahbarlar.

Tadbirda Agile, Product va IT sohalaridan 500 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etishi kutilmoqda. Unda Markaziy Osiyo va xalqaro miqyosdagi yetakchi kompaniyalarni ifodalovchi 10 dan ortiq davlatdan ekspertlar so‘zga chiqadi.

Asosiy yo‘nalishlar qatoriga jarayonlarni boshqarish, biznes natijalariga erishish (Business & Delivery Management), mahsulotga yo‘naltirilgan kompaniyalarni yaratish (Product-Centric Organizations) va mahsulot transformatsiyasi kiradi.

Sun’iy intellektning boshqaruv amaliyoti va ishlab chiqishga (AI-Driven Management) ta’siriga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, jamoalarni boshqarish va kadrlar tanqisligi sharoitida iste’dodlarni saqlab qolish masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, Manager’s Conference doirasida quyidagilar o‘tkaziladi:

  • VUCA va BANI sharoitlarida sun’iy intellekt yordamida ishlab chiqish va operatsion boshqaruv mavzulariga bag‘ishlangan panel muhokamalari;
  • rejalashtirish, OKRni joriy etish, loyihalar portfelini boshqarish ko‘nikmalarini amalda sinab ko‘rish uchun mahorat darslari maydoni (Workshop Area).

Konferensiya 16-may kuni Toshkentdagi Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish mutlaqo bepul, ammo joylar soni cheklangan.

Tashrif buyurish uchun IT Community of Uzbekistan rasmiy Telegram-botida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Qo‘shimcha ma’lumotlar pmconf.uz saytida mavjud.