2026-yil 14−28-iyun kunlari “Biz Network” va “Traveller Group” kompaniyalari FIFA 2026 futbol bo‘yicha jahon chempionati doirasida AQSH va Meksikaga biznes-tur tashkil etadi.

Dastur tadbirkorlar, investorlar, startapchilar, kompaniya rahbarlari hamda Shimoliy Amerika bozoriga chiqish yoki xalqaro ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishni rejalashtirayotgan barcha uchun mo‘ljallangan.

Ishtirokchilarni jahon chempionati o‘yinlariga tashrif buyurish va O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlar va investorlar bilan ishbilarmonlik uchrashuvlari, xalqaro biznes muloqoti, AQSHda mintaqaviy biznes-forum, shuningdek, Stenford universitetiga tashrif va Kremniy vodiysiga sayohat kutmoqda. Dasturdan, shuningdek, yopiq tadbirlar, tantanali kechki ziyofatlar, futbol sanoati vakillari bilan uchrashuvlar, ekskursiyalar va sohil bo‘yida dam olish o‘rin olgan.

Tur yo‘nalishi Mexiko, San-Fransisko, Las-Vegas, Xyuston, Mayami, Orlando va Atlantani o‘z ichiga oladi.

Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur. Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish kerak: +998 97 115 11 01, +998 90 900 42 25, +998 97 425 58 85.