18−20-sentyabr kunlari Andijon shahrida Techstars Startup Weekend bo‘lib o‘tadi. Ideaton Techstars Uzbekistan tomonidan UzVC milliy venchur jamg‘armasi va Hackonnect operatorining strategik ko‘magida tashkil etilmoqda.
100 ga yaqin ishtirokchi jamoalarga birlashib, uch kun ichida o‘z mahsulotlarining prototiplarini ishlab chiqadi. Loyihalar ustida ishlashda ularga startap, biznes, sun’iy intellekt, IT va marketing sohalari bo‘yicha 12 dan ortiq mentor ko‘maklashadi. Mukofot jamg‘armasi 30 mln so‘mni tashkil etadi.
Birinchi kuni ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini taqdim etib, jamoalar shakllantiradilar, ikkinchi kuni esa MVP ishlab chiqish, gipoteza va biznes-modellarni sinovdan o‘tkazish bilan shug‘ullanadilar. 20-sentyabr kuni Demo Day bo‘lib o‘tadi va unda jamoalar o‘z natijalarini hakamlar hay’ati hamda investorlarga namoyish etadilar.
Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.