21-sentyabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida xususiy ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.
Unda ishtirok etishga xususiy bog‘chalar, maktablar, o‘quv markazlari, texnikumlar va oliy ta’lim muassasalari egalari hamda vakillari taklif etiladi. Ular o‘z faoliyatida yuzaga kelayotgan muammo va to‘siqlarni aytib o‘tishlari, shuningdek, o‘z takliflarini bildirishlari mumkin bo‘ladi.
Uchrashuvda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun +998 77 004 00 06 (@n_ataboyev) va +998 94 685 06 55 (@Anvar_o611) telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin.