17−20-sentyabr kunlari Xorazm viloyatida National AI Hackathon tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda viloyatda istiqomat qiluvchi, 16 yoshga to‘lgan hamda pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Ishtirokchilar farmatsevtika va sog‘liqni saqlash, ta’lim hamda tadbirkorlik kabi uch yo‘nalish bo‘yicha sun’iy intellektga oid loyihalarini taqdim etishi mumkin. Eng qiziqarli taqdimot va dolzarb ijtimoiy loyiha uchun alohida nominatsiyalar ko‘zda tutilgan.

National AI Hackathon tanlovining boshqa viloyatlardagi hududiy bosqichlarida ishtirok etgan nomzodlar Xorazm bosqichida qatnasha olmaydi.

Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.