27-aprel kuni Astana Hub va Google for Startups hamkorligida Silkway Accelerator bo‘yicha onlayn infosessiya bo‘lib o‘tadi. Unda 7-batch uchun arizalar, dastur imkoniyatlari va startaplar uchun global o‘sish yo‘llari haqida ma’lumot beriladi.
Silkway Accelerator — Markaziy Osiyo va Kavkaz startaplari uchun mo‘ljallangan, loyihalarning jadal rivojlanishi hamda global bozorlarga chiqishiga yo‘naltirilgan xalqaro akseleratsiya dasturidir.
Infosessiya davomida ishtirokchilar dastur tarkibi, mentorlik va vorkshoplar, investorlar bilan pitch sessiyalari, xalqaro VC tarmog‘iga kirish imkoniyatlari hamda startaplarga taqdim etiladigan qo‘llab-quvvatlash paketi haqida to‘liq ma’lumot oladilar.
Dastur tayyor mahsuloti, ilk foydalanuvchilari va kengayish istagi bor startaplar uchun mo‘ljallangan. Asosiy maqsad — loyihalarga xalqaro darajaga chiqish va investitsiyalarni jalb qilishda yordam berishdan iborat.
Infosessiyada ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.