Biznesni rivojlantirish platformasi JV Team muzokaralarda muloqotni boshqarish va suhbatdosh qarshiligini yengish bo‘yicha mahorat darsi tashkil qilmoqda.
Dastur mijozlar va jamoalar bilan ishlaydigan mutaxassislarga — tadbirkorlar, menejerlar hamda muloqot jarayonida muntazam qaror qabul qiluvchi barchaga mo‘ljallangan. Uchrashuv doirasida ishtirokchilar muloqotda qarshilik yuzaga kelishi sabablarini va hali fikrni shakllantirish bosqichidayoq uning oldini olish usullarini tahlil qiladilar.
Amaliy vositalarga alohida e’tibor qaratiladi: suhbat mantig‘ini tuzish, suhbatdosh diqqatini boshqarish va tazyiqsiz o‘z mavqeyini mustahkamlash yo‘llari ko‘rib chiqiladi.
Spiker sifatida NLP sohasida 25 yillik amaliy tajribaga ega biznes-murabbiy Eduard Ogay ishtirok etadi.
Mahorat darsi 1-may kuni soat 19:00 dan 20:30 gacha bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish narxi — 500 ming so‘m.