Birinchi chorakda O‘zbekistonda kuzatilmaydigan iqtisodiyot hajmi sezilarli darajada qisqardi, deyiladi Milliy statistika qo‘mitasi hisobotida.

2026-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot hajmi qariyb 447,9 trln so‘mga yetib, real hisobda o‘sish 8,7% ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yildan buyon eng yuqori sur‘atni qayd etdi.

Kuzatilmaydigan iqtisodiyotning yalpi qo‘shilgan qiymati 102,68 trln so‘mni tashkil etdi. Uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi o‘tgan yilgi 24,8% dan 22,9% ga kamaydi.

Kuzatilmaydigan iqtisodiyot norasmiy va yashirin iqtisodiyotga bo‘linadi. Norasmiy iqtisodiyot, ya‘ni uy xo‘jaliklari va jismoniy shaxslar faoliyatining hajmi 69,12 trln so‘mni yoki YIMning 15,4% ini tashkil qildi (2025-yilning birinchi choragida — 23,6%). Xufiyona sektor 33,35 trln so‘mga baholanmoqda, bu YIMning 7,5% iga tengdir (2025-yilda — 8,4%).

Kuzatilmaydigan iqtisodiyotning eng katta ulushi an‘anaviy ravishda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi — jami hajmning 81,1% i. Ulardan keyin sezilarli farq bilan xizmat ko‘rsatish sohasi (24,5%) va qurilish (23,9%) bormoqda. Sanoatda yashirin iqtisodiyot ulushi 6,7% ni tashkil etadi.

Kuzatilmaydigan iqtisodiyotning eng ko‘p qisqarishi qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida qayd etildi. Bu asosan norasmiy iqtisodiyotning kichrayishi bilan bog‘liq.

2025-yilda O‘zbekistonning yashirin iqtisodiyoti 498 trln so‘mni ($39,62 mlrd) yoki YIMning 26,9% ini tashkil etgan. Norasmiy iqtisodiyot hajmi 351,04 trln so‘m (19%), xufiyona iqtisodiyot esa 147 trln so‘m (7,9%) bo‘lgan.

Spot, avvalroq, prezident yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashni tumanbay tashkil etishni topshirgani haqida yozgandi.