Uchrashuvning asosiy maqsadi Asaxiy Invest faoliyati, kompaniya strategiyasi, islom moliyasi tamoyillariga muvofiqlik, investorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va kelgusi rivojlanish yo‘nalishlari haqida ochiq muloqot qilishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ishtirokchilarga kompaniyaning biznes modeli, mablag‘lar qanday yo‘naltirilishi, foyda qanday shakllanishi va qanday tamoyillar asosida taqsimlanishi tushuntirildi.

Investorlar bilan ochiq uchrashuv
Moliyaviy sohada ishonch eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Shu sababli “Investorlar kuni” oddiy taqdimot emas, balki investorlar bilan bevosita muloqot, savol-javob va ekspert fikrlarini birlashtirgan uchrashuv formatida tashkil etildi. Ishtirokchilar kompaniya vakillari va taklif etilgan mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish, loyiha faoliyati bilan yaqindan tanishish va kelgusi rejalar haqida batafsil ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Asaxiy Invest vakillari kompaniya missiyasini shaffof moliyaviy yechimlar orqali jamiyatning iqtisodiy farovonligini oshirish sifatida taqdim etdi. Bunday yondashuv moliyaviy loyiha uchun juda muhim. Chunki bu yo‘nalishda faqat daromad ko‘rsatkichlari emas, jarayonlarning tushunarli bo‘lishi, ochiq kommunikatsiya, risklarni to‘g‘ri baholash va mas’uliyatli boshqaruv ham katta ahamiyatga ega.
Tadbir dasturida Asaxiy Invest hammuassisi Firuz Allayev, strategik direktor Tohirjon Mirzajonov, Imkon Ventures bosh hamkori Muhammad Halil, “Mezon kengashi” vakillari, islom moliyasi bo‘yicha maslahatchilar va moliyaviy ekspertlar ishtirok etdi. Spikerlar kompaniyaning rivojlanish strategiyasi, “Bizneslar uchun murobaha” modeli, islom moliyasi tamoyillari, global bozor konteksti, moliyaviy natijalar va investorlar tajribasi haqida so‘z yuritdi.

“Bizneslar uchun murobaha” modeli
Tadbirning asosiy mavzularidan biri “Bizneslar uchun murobaha” modeli bo‘ldi. Ushbu yo‘nalish Asaxiy Invest strategiyasida muhim o‘rin egallaydi. Modelning mazmuni shundan iboratki, investorlar mablag‘lari bizneslar uchun kerakli bo‘lgan xom ashyo, uskunalar yoki boshqa mahsultolarni sotib olib berish uchun yo‘naltiriladi. Bunda Asaxiy Invest birinchi o‘z mulkiga o‘tkazgan holda xarid qiladi va belgilangan ustama qo‘ygan holda bo‘lib to‘lash asosida tadbirkorga taqdim etadi.
Asaxiy Invest kelgusi yillarda B2B portfelni rivojlantirishni strategik yo‘nalishlardan biri sifatida belgilagan. Bu kompaniya bizneslar bilan ishlashni kuchaytirish, bozorning haqiqiy savdo ehtiyojlariga javob beradigan yechimlarni kengaytirish va barqaror moliyaviy modelni shakllantirishga e’tibor qaratayotganini ko‘rsatadi.

Islom moliyasi tamoyillari
Tadbirda islom moliyasi tamoyillari va shariat talablariga muvofiqlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Kompaniya faoliyati va shartnomalari “Mezon kengashi” huzuridagi mutaxassislar tomonidan tekshirib borilishi qayd etildi. Shuningdek, Asaxiy Invest faoliyati AAOIFI xalqaro standartlariga muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlangani ta’kidlandi.
Spikerlar islom moliyasida bitimlarning aniq, tushunarli va shaffof bo‘lishi muhim ekanini tushuntirdi. Daromad pul evaziga pul olish orqali emas, balki ruxsat etilgan savdo operatsiyalari orqali shakllanishi kerakligi aytib o‘tildi. Bu tamoyillar investorlar uchun nafaqat moliyaviy, balki axloqiy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston bozorida bunday yechimlarga qiziqish ortib bormoqda. Ko‘plab mijozlar, tadbirkorlar va sarmoya kiritmoqchi bo‘lgan insonlar o‘z qadriyatlariga mos, shu bilan birga zamonaviy, tushunarli va qulay moliyaviy vositalarni izlamoqda. Asaxiy Invest ushbu ehtiyojga javob beradigan modelni allaqachon yo‘lga qo‘ygan va uni izchil rivojlantirib bormoqda.

Strategik maqsadlar
Tadbir davomida Asaxiy Invest’ning kelgusi yillardagi strategik maqsadlari ham taqdim etildi. Kompaniya 2026-yilda 10 ming, 2027-yilda 40 ming va 2028-yilda 100 ming faol investorga yetishni maqsad qilgan. Bu rejalar kompaniyaning uzoq muddatli rivojlanish, investorlar hamjamiyatini kengaytirish va bozorda kuchli pozitsiyani egallash niyatini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, kompaniya uchun faqat raqamlarning o‘sishi emas, ishonchni mustahkamlash, foydalanuvchi tajribasini yaxshilash, shaffof kommunikatsiyani rivojlantirish va barqaror biznes modelni shakllantirish ham muhim hisoblanadi.
Asaxiy Invest strategiyasida B2B portfelni kengaytirish, bizneslar uchun qulay moliyaviy yechimlarni rivojlantirish va islom moliyasi tamoyillariga mos sarmoya imkoniyatlarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish asosiy yo‘nalishlar sifatida belgilangan. Bu kompaniya rivojini qisqa muddatli rejalar emas, balki uzoq muddatli tizimli loyiha sifatida ko‘rayotganini ko‘rsatadi.

Moliyaviy natijalar va ochiqlik
Moliyaviy natijalar qismida so‘nggi uch chorak bo‘yicha foyda ko‘rsatkichlari e’lon qilindi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil III chorakda foyda 6,03%, 2025-yil IV chorakda 7,05%, 2026-yil I chorakda esa 4,14%ni tashkil etgan. Bu ma’lumotlarning ochiq taqdim etilishi investorlar bilan muloqotda shaffoflik va ochiqlik tamoyillarini kuchaytiradi.
Moliyaviy bozorda o‘tgan davrdagi natijalar kelajakdagi daromad kafolati emasligini tushunish muhim. Shu sababli uzoq muddatli ishonch faqat raqamlarga emas, boshqaruv sifati, risklarni to‘g‘ri baholash, jarayonlarning ochiqligi va kompaniyaning e’lon qilingan tamoyillarga izchil amal qilishiga ham bog‘liq.
Asaxiy Invest uchun natijalarni ochiq ko‘rsatish investorlar bilan sog‘lom va mas’uliyatli munosabat qurishning muhim qismidir. Bu nafaqat kompaniya faoliyatini tushuntirish, balki O‘zbekistonda sarmoya kiritishga nisbatan yetuk va ongli yondashuvni shakllantirishga ham xizmat qiladi.

Sarmoya madaniyatini rivojlantirish
“Investorlar kuni” Asaxiy Invest uchun investorlar bilan aloqalarni mustahkamlash, moliyaviy savodxonlikni oshirish va sarmoya madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan muhim platforma bo‘ldi. Tadbir yakunida investorlar tajribasi, savol-javoblar va “networking” qismi tashkil etildi.
Bunday uchrashuvlar investorlar uchun kompaniya faoliyatini chuqurroq tushunish, kompaniya uchun esa auditoriya kutayotgan savollar va ehtiyojlarni yaxshiroq anglash imkonini beradi. Moliyaviy sohada ishonch bir martalik reklama yoki qisqa muddatli natijalar orqali emas, balki muntazam muloqot, shaffoflik, sifatli servis va mas’uliyatli yondashuv orqali shakllanadi.
Tadbir davomida kompaniya investorlar bilan munosabatlar faqat raqamli interfeys yoki standart bildirishnomalar bilan cheklanib qolmasligi kerakligini ko‘rsatdi. Uzoq muddatli hamkorlik jonli muloqot, tushunarli izohlar, o‘z vaqtida ma’lumot berish va investor manfaatlariga mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladi.
Asaxiy Invest o‘tkazilgan tadbir orqali ochiq va ishonchli muloqotni davom ettirish, investorlar uchun tushunarli sarmoya imkoniyatlarini rivojlantirish va O‘zbekistonda shaffof moliyaviy madaniyatni shakllantirishga hissa qo‘shishini bildirdi.

Asaxiy Invest qanday ishlashi bilan tanishish mumkin
Asaxiy Invest qanday ishlashi, mablag‘lar qayerga yo‘naltirilishi va foyda qanday shakllanishi haqida ko‘proq bilish uchun, saytda loyiha haqida batafsil ma’lumot bilan tanishish mumkin. Shuningdek, Asaxiy Invest ilovasi orqali imkoniyatlarni qulay formatda ko‘rib chiqish mumkin.
Investitsiya kiritishdan avval uning risklarini hisobga olish kerak. Sarmoyalarning qisman yoki to‘liq yo‘qotilishi ehtimoli mavjud.
Reklama huquqlari asosida.