O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish uchun qo‘shimcha mablag‘ga ehtiyoj katta. Tadbirkorga yangi uskuna, ishlab chiqarish uchun xomashyo yoki savdoni kengaytirish uchun tovar kerak bo‘lishi mumkin. Biroq zarur xaridni birdaniga to‘lash aylanma mablag‘ga bosim beradi, an’anaviy moliyalashtirish esa har bir tadbirkorning qadriyatlariga mos kelavermaydi. Asaxiy Invest bizneslar uchun yo‘lga qo‘ygan B2B murobaha modeli ana shu ehtiyojga yechim taklif etadi.
B2B murobaha qanday ishlaydi?
Murobaha — pulni foiz evaziga berish emas, balki oldi-sotdi bitimi. Jarayon biznesning o‘z faoliyati uchun kerakli tovar, xomashyo yoki uskunani aniqlashidan boshlanadi. Ariza ma’qullansa, Asaxiy Invest zarur mahsulotni avval o‘z nomidan xarid qiladi va mulkiga o‘tkazadi. Shundan keyin mahsulot kelishilgan ustama qo‘shilgan, oldindan ma’lum yakuniy narxda biznesga bo‘lib to‘lash asosida sotiladi.
Bu yerda tadbirkor uchun muhim jihat — xarid narxi, ustama, to‘lov muddati va tomonlarning majburiyatlari shartnomada aniq belgilanadi. Ya’ni bitim pulning o‘zidan daromad olishga emas, real aktivning savdosiga tayanadi. Har bir loyiha bo‘yicha moliyalashtirish miqdori va muddati biznesning ehtiyoji hamda imkoniyatidan kelib chiqib alohida kelishiladi.
Hamkorlik to‘rt bosqichda yo‘lga qo‘yiladi. Avval tadbirkor biznesi va xarid ehtiyoji haqida ariza yuboradi. Keyin Asaxiy Invest jamoasi biznes modeli, moliyaviy ko‘rsatkichlar, bozor salohiyati va mavjud risklarni tahlil qiladi. Ijobiy xulosa berilsa, sarmoya miqdori, muddat, to‘lov tartibi va majburiyatlar kelishiladi. Shartnoma imzolangach, kerakli mahsulotni xarid qilish va murobaha asosida biznesga sotish jarayoni boshlanadi.
Ariza uchun nimalar kerak?
Ariza qoldirish jarayoni sodda: tadbirkor o‘z biznesi va moliyalashtirish ehtiyoji haqida qisqacha ma’lumot yuboradi. Asaxiy Invest jamoasi murojaatni ko‘rib chiqib, zarur bo‘lsa qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘raydi va keyingi bosqichlar bo‘yicha tadbirkor bilan bog‘lanadi.
Ariza qoldirishda asosiy e’tibor so‘ralayotgan moliyalashtirishning biznes uchun qanday maqsadga xizmat qilishini tushunarli bayon etishga qaratiladi. Tadbirkor rejalashtirayotgan xarid faoliyatni kengaytirish, ishlab chiqarish imkoniyatini oshirish yoki operatsion jarayonlarni yaxshilashga qanday yordam berishini qisqacha ko‘rsatadi. Bu ma’lumot Asaxiy Invest jamoasi bilan keyingi muloqot uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi.
Bizneslar qanday mezonlar asosida baholanadi?
Baholash faqat bitta raqamga bog‘lanmaydi. Birinchi navbatda, mahsulot yoki xizmat marjasi biznes xarajatlarini qoplash va barqaror faoliyat yuritish uchun yetarlimi — shunga e’tibor beriladi. Shuningdek, oylik sof foyda, mavjud kredit va boshqa to‘lovlar, yangi majburiyatni o‘z vaqtida bajarish imkoniyati ham tahlil qilinadi.
Shaffof pul oqimi alohida ahamiyatga ega. Bank hisob-raqami, karta va boshqa rasmiy savdo kanallari orqali tasdiqlanadigan tushum biznesning real aylanmasini ko‘rsatadi. So‘ralayotgan summa oylik savdo hajmi, pul oqimi va mavjud qarzdorlikka mutanosib bo‘lishi lozim. Sarmoya miqdori biznesning moliyaviy ko‘rsatkichlari, xarid maqsadi, loyiha salohiyati va risklar asosida belgilanadi. Shu sabab har bir ariza alohida ko‘rib chiqiladi.
Islom moliyasi tamoyillariga muvofiqlik
B2B murobaha modelida foizli qarz o‘rniga ruxsat etilgan mahsulotning real savdosi amalga oshiriladi. Asaxiy Invest mahsulotni biznesga sotishdan oldin uni xarid qilib, mulkiga qabul qiladi. Tovar, uning narxi, ustama va to‘lov shartlari tomonlarga oldindan ma’lum bo‘ladi. Shartnomalar ixtiyoriy, tushunarli va yashirin shartlarsiz tuzilishi ko‘zda tutiladi, savdo esa Islom moliyasida ruxsat etilgan faoliyat va mahsulotlar bilan cheklanadi.
Asaxiy Invest ma’lumotiga ko‘ra, kompaniyaning investitsiya va nasiya savdo xizmatlari Islom moliyaviy institutlari uchun xalqaro AAOIFI standartlariga muvofiq. Tegishli shartnomalar Mezon kengashi tomonidan ko‘rib chiqilgan va muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlangan. Kompaniya faoliyati kengash huzuridagi islom huquqi olimlari va mutaxassislari tomonidan nazorat qilib boriladi.
Model biznesga nima beradi?
B2B murobaha tadbirkorga katta xaridni bir yo‘la to‘lash o‘rniga, xarajatni kelishilgan davrga taqsimlash imkonini beradi. Natijada aylanma mablag‘ni kundalik operatsiyalar, zaxira va o‘sish vazifalari uchun saqlab qolish, kerakli uskuna yoki xomashyoni esa kechiktirmasdan jalb qilish mumkin. Oldindan ma’lum narx va to‘lov jadvali moliyaviy rejalashtirishni yengillashtiradi.
Modelning yana bir muhim foydasi — mablag‘ning real iqtisodiy faoliyatga yo‘naltirilishidir. Investor kapitali biznesning haqiqiy savdo ehtiyojini qoplaydi, tadbirkor esa o‘z qadriyatlariga mos va shaffof moliyaviy yechimga ega bo‘ladi. Bu yondashuv biznes, investor va bozor manfaatlarini real mahsulot atrofida birlashtiradi.
Asaxiy Invest orqali B2B murobaha imkoniyatidan foydalanmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar asaxiyinvest.com saytining “Bizneslar uchun” bo‘limida ariza qoldirishi mumkin. Shuningdek, (+998) 78−555−05−22 raqami yoki Telegram boti orqali bevosita bog‘lanish mumkin. Jamoa arizani ko‘rib chiqib, keyingi bosqichlar bo‘yicha tadbirkor bilan aloqaga chiqadi.
Reklama huquqlari asosida.