Shavkat Mirziyoyev va Albaniya prezidenti Bayram Begay rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki davlat o‘rtasida amaliy hamkorlikni yana-da mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tovar ayirboshlashni kengaytirishga, agrosanoat majmui, “yashil” energetika, geologiya, axborot texnologiyalari va raqamlashtirish, turizm hamda boshqa muhim sohalarda keng ko‘lamli kooperatsiya dasturini tayyorlashga alohida eʼtibor qaratildi.
O‘zbekiston mahsulotlarini Janubiy Yevropa va O‘rta yer dengizi bozorlariga chiqarishda logistika xabi sifatida Albaniyaning Durres portidan foydalanish imkoniyatlari o‘rganiladi.
Iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish muhimligi alohida taʼkidlandi.



Hamkorlikning iqtisodiy kun tartibini ilgari surish maqsadida Hukumatlararo komissiyani tashkil etish va uning birinchi yig‘ilishini joriy yilda Toshkent shahrida o‘tkazishga kelishib olindi.
Madaniy-gumanitar sohada tomonlar o‘zaro Madaniyat kunlari, kino namoyishlari, ko‘rgazma va ijodiy safarlarni tashkil etish muhimligini taʼkidladi.
Yetakchilar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.
Spot, avvalroq, O‘zbekiston Kaspiy dengizida paromlarni ijaraga yoki sotib olishni ko‘rib chiqayotgani haqida yozgandi.


