O‘zbekiston tadbirkorlari 2025-yilda 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar bermoqda.

Ushbu summaning asosiy qismi jami 119 trln so‘mni tashkil etgan soliq imtiyozlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Ularni 143,2 mingta tadbirkorlik subyekti olgan.

O‘z navbatida, soliq imtiyozlarining mutlaq ko‘pchiligi yuridik shaxslarga to‘g‘ri keldi — 139 ming ariza beruvchiga 118,9 trln so‘m. Shuningdek, 4185 nafar yakka tartibdagi tadbirkor 120,7 mlrd so‘mlik imtiyozlardan foydalangan.

Soliq imtiyozlarini olgan eng yirik kompaniya Uzbekistan GTL bo‘ldi — 2,8 trln so‘m. Kuchli uchlikka Uzbekistan Airways (2,4 trln so‘m) va O‘zbekneftgaz (1,7 trln so‘m) kirdi.

Shuningdek, soliq imtiyozlari hajmi bo‘yicha yetakchilar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:

  • O‘zbekiston temir yo‘llari — 1,1 trln so‘m;
  • UzAuto Motors — 898,9 mlrd so‘m;
  • Asia Trans Gas — 860,4 mlrd so‘m;
  • Luxury Diamond — 811,8 mlrd so‘m;
  • My Freighter (Centrum Air) — 660,2 mlrd so‘m;
  • Solutions Lab — 650,8 mlrd so‘m;
  • Yagona umumrespublika protsessing markazi (Uzcard) — 542,4 mlrd so‘m;
  • Hududiy elektr tarmoqlari — 538,6 mlrd so‘m;
  • UzGasTrade — 515,4 mlrd so‘m;
  • Air Products Netherlands Gases BV — 482 mlrd so‘m;
  • Samarqand turizm markazi — 427,9 mlrd so‘m;
  • Asterium kriptobirjasi — 427,4 mlrd so‘m.

O‘zbekiston biznesiga taqdim etilgan bojxona imtiyozlarining umumiy hajmi 59 trln so‘mdan oshdi. Ulardan 15,3 mingta firma foydalangan.

Bu borada UzGasTrade (2,1 trln so‘m) yetakchilik qildi, keyingi o‘rinlarda RWS Optimum (1,4 trln so‘m) va Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanidagi IESni boshqarish bo‘yicha Enter Engineering doimiy muassasasi (1,1 trln so‘m) turibdi.

Bojxona imtiyozlarini olgan boshqa yirik kompaniyalar:

  • First Fruits — 955,2 mlrd so‘m;
  • Tebinbulak Mechanization Service — 738,5 mlrd so‘m;
  • My Freighter (Centrum Air) — 645 mlrd so‘m;
  • Trest-12 — 519,5 mlrd so‘m;
  • Gorilla Energy — 414,5 mlrd so‘m;
  • Azia Metall Prof — 391,5 mlrd so‘m;
  • Enter Engineering doimiy muassasasi, Boysun gazni qayta ishlash zavodi (New Logistic) — 321,1 mlrd so‘m;
  • RG Brands South — 302,6 mlrd so‘m;
  • Uzbekistan Airways — 288,4 mlrd so‘m;
  • China CAMCE Engineering — 285 mlrd so‘m.

O‘zbekistonda xorijiy yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan 75 ta doimiy muassasa uchun bojxona imtiyozlari 2,46 trln so‘mni tashkil etdi. Bu summaning yarmidan ko‘pi Enter Engineering tuzilmalariga to‘g‘ri keldi.

Yuqorida qayd etilgan IES va Boysun GQIZdan tashqari, Samarqand yaqinidagi Imom al-Buxoriy majmuasi, Samarqandkimyo zavodi va Qorako‘l tumanidagi gaz-kimyo majmuasi loyihasi ham shular jumlasidandir. Ularni hisobga olganda, Enter Engineering‘ning imtiyozlar hajmi 1,9 trln so‘mdan oshadi.

Imtiyoz oluvchilar qatorida Eriell Group tuzilmalari ham qayd etildi. Xususan, Qandim tumanidagi majmua 25,6 mlrd so‘mlik, Muborak tumanidagi majmua esa 15,9 mlrd so‘mlik imtiyoz olgan.


Davlat ahamiyatiga molik loyihalar bo‘yicha imtiyozlar 12,6 trln so‘mni tashkil etdi. Yana 345 mlrd so‘m boshqa davlatlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari va ularning diplomatik agentlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Spot, avvalroq, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlarini xorijliklarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berish taqiqlangani haqida yozgandi.