8-may kuni Toshkentda BigMart marketpleysi asoschisi Ilhom Omonov ishtirokida mitap bo‘lib o‘tadi.

Tadbir e-commerce startaplarini ishga tushirishga va onlayn-biznes rivojining dastlabki bosqichlariga bag‘ishlanadi. Qatnashchilar mos biznes-modelni tanlash, birinchi mijozlarni jalb qilish hamda biznesni kengaytirish jarayonlarini yo‘lga qo‘yishni o‘rganadilar.

Uchrashuv doirasida loyihalarni ishga tushirishning amaliy yondashuvlari, biznesni o‘stirish vositalari va bozorga chiqish strategiyalari ko‘rib chiqiladi.

Tadbir UEnter’da soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish bepul, havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.