7-may kuni soat 14:00 da IT Park Uzbekistan Go-to-Market Series turkumidagi onlayn-sessiyani o‘tkazadi.
Tadbir xalqaro kengayishni rejalashtirayotgan startaplar va texnologik kompaniyalarga mo‘ljallangan. Sessiya doirasida ishtirokchilar Ispaniya startap-ekotizimining o‘ziga xos jihatlari, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi va Yevropa bozorlariga chiqish imkoniyatlari haqida ma’lumot oladilar.
Dasturdan bozorga chiqish strategiyalarini muhokama qilish, tartibga solish talablari, samarali go-to-market yondashuvlari, shuningdek, B2B-hamkorliklarni qurish va biznesni masshtablashtirish o‘rin olgan.
Ishtirok etish uchun havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.