Migratsiya agentligi va Yaponiyaning Onodera User Run kompaniyasi ayol va qizlarni parvarishlash sohasida ishga taklif qiladi.
Qayd etilishicha, dastur doirasida ishtirokchilar Toshkent shahrida tashkil etiladigan 6 oylik o‘quv kurslarida bepul grant asosida tahsil oladi.
Dasturga 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan ayol-qizlar qabul qilinadi va hamshiralik sohasi vakillariga ustunlik beriladi.
Dastur doirasida yapon tilini noldan o‘rgatish, yashash joyi bilan ta’minlash, viza xizmatlari va Yaponiyada ishga joylashtirish xarajatlari bepul bo‘ladi.
Shuningdek, ishtirokchilar Yaponiyaga borgach, ularga xizmat uyi ajratilib, ijara haqining bir qismi kompaniya tomonidan qoplanadi.
Boshlang‘ich oylik maosh $1600−1700 ni tashkil qiladi. Belgilangan ish vaqtidan tashqari ishlangan soatlar (overtime) uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi.
O‘quv kurslari 2026-yil 1-iyundan boshlanadi. Arizalarni havola orqali jo‘natish kerak.
Batafsil ma’lumot uchun Telegram orqali kompaniya vakillari bilan bog‘lanish mumkin.
Avvalroq Spot Qatar Airways O‘zbekistondan 1600 dan ortiq mutaxassisni ishga olishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.