13-may kuni Savdo-sanoat palatasi Toshkentda eksportyor korxonalar va investorlar bilan ochiq uchrashuv o‘tkazadi. Muhokamada Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi va boshqa tegishli idoralar rahbarlari ishtirok etadi.

Asosiy e’tibor eksport va import masalalari, xalqaro bozorlarga chiqish, soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek, mahsulot tannarxiga ta’sir etuvchi omillarga qaratiladi.

Tashkilotchilarning qayd etishicha, uchrashuv tadbirkorlarning talab va takliflari asosida o‘tkazilib, biznesning davlat tuzilmalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti uchun platforma vazifasini o‘taydi.

Tadbir 14:30 da O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi binosida bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur. Ishtirok etish va ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha quyidagi raqamlarga murojaat qilish kerak: +998 (91) 165−30−03, +998 (97) 445−39−37.