15−17-may kunlari Techstars Uzbekistan jamoasi UzVC, Hackonnect va Samarqand hokimligi bilan hamkorlikda Samarqandda Techstars Startup Weekend Samarkand ideatonini o‘tkazadi.

Tadbir Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti negizida bo‘lib o‘tadi va uch kun davomida g‘oyadan tortib ishchi MVP yaratishgacha bo‘lgan texnologik loyihalar ustida ishlaydigan 100 ga yaqin ishtirokchini birlashtiradi.

Dastur Techstars metodologiyasiga asoslangan bo‘lib, u g‘oyalar pitchingi, jamoalarni shakllantirish, loyihalarni ishlab chiqish va validatsiya qilish, shuningdek, yakuniy Demo Day — investorlar va venchur fondlari vakillariga yechimlar taqdimotini o‘z ichiga oladi.

Eng yaxshi jamoalar uchun 30 mln so‘m miqdoridagi mukofot jamg‘armasi taqdim etiladi.

Tadbir Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ingliz tilida bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish uchun tashkilotchilarning saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak.