13-may kuni IT Park Uzbekistan Toshkentda raqamli savodxonlik va IT-ko‘nikmalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan Sabriya loyihasi doirasida xotin-qizlar va yoshlar uchun mahorat darsi o‘tkazadi.
Tadbir IT Park Uzbekistan huzuridagi Inklyuziv rivojlanish departamenti tomonidan tashkil etilmoqda. Dastur texnologiyalar, frilans va zamonaviy raqamli kasblar sohasida rivojlanishni istagan ishtirokchilarga mo‘ljallangan.
Mahorat darsi doirasida ishtirokchilar sun’iy intellekt vositalari va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash, masofaviy ish va frilans imkoniyatlari, startaplarni rivojlantirish hamda IT Park Uzbekistan dasturlari haqida bilib oladilar. Shuningdek, tashkilotchilar o‘zini to‘g‘ri taqdim etish (self-presentation) va IT-sohasida karyerani rivojlantirish haqida so‘zlab berishadi.
Tadbir 15:00 da TATU universitetida bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish bepul, buning uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.