14-may kuni Savdo-sanoat palatasi Toshkentda stomatologiya va kosmetologiya mahsulotlari eksporti va importi sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan ochiq uchrashuv o‘tkazadi.

Tadbir doirasida biznes va tarmoqqa mas’ul tuzilmalar vakillari soha uchun mo‘ljallangan dori vositalari, tibbiy buyumlar va uskunalarni import qilish tartib-taomillarini soddalashtirish masalalarini muhokama qiladi.

Shuningdek, yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish, rasmiy import hajmini oshirish hamda bozorda shaffof raqobat muhitini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, ushbu tadbir tadbirkorlar va soha vakillari o‘rtasidagi ochiq muloqot uchun platforma vazifasini o‘taydi.

Uchrashuv 14:30 da boshlanadi. Ishtirok etish bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.