O‘zbekiston Transport vazirligi umumiy mukofot jamg‘armasi 320 million so‘mni tashkil etuvchi National Transport Hackathon uchun ro‘yxatga olish boshlanganini e’lon qildi.

Ishtirokchilar uch yo‘nalish bo‘yicha raqamli yechimlar ustida ish olib boradilar: aholi harakatchanligini oshirish uchun servis va ilovalar yaratish, Transport vazirligining axborot tizimlariga sun’iy intellektni joriy etish hamda yirik transport ma’lumotlarini tahlil qilish. Xakaton oflayn formatda bo‘lib o‘tadi va 72 soat davom etadi.

Tadbirning rasmiy hamkori — Yandex Uzbekistan, texnik hamkorlari esa Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan va AI Alliance Uzbekistan’dir.

Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.