Joriy yilning 28−31-iyul kunlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Kichik biznes uyushmasi bilan hamkorlikda mamlakatimiz ishbilarmon doira vakillari uchun Tojikiston Respublikasiga biznes-missiya tashkil etadi.

Dasturdan Xo‘jand va Dushanbe shaharlarida tadbirkorlar va yirik kompaniyalar bilan B2B formatidagi uchrashuvlar, bo‘lajak xaridorlarga mahsulot va xizmatlar taqdimoti, ishbilarmon hamkorlar va distribyutorlarni izlash, shuningdek, eksport sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish o‘rin olgan.

Qatnashchilar Tojikiston bozorining o‘ziga xos jihatlari bilan tanishish hamda savdo shartnomalari va hamkorlik kelishuvlarini tuzish yuzasidan muzokaralar olib borishlari mumkin bo‘ladi.

Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: +998 91 512 58 46, +998 97 170 21 01.